Adolat partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.
Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.
Prezidentlik saylovlarida “Adolat” partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov Afg‘onistonda tuzilgan vaqtinchalik hukumat haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. “Afg‘oniston xalqi qaysi hukumatni tavsiya qilsa, qaysi hukumat bilan aloqa qilishni munosib deb topadigan bo‘lsa, O‘zbekiston yaqin qo‘shni sifatida ular bilan muloqotga kirishishi kerak”, — dedi u.
Prezidentlik saylovlarida «Adolat» partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov saylovoldi jarayonlarda debatlar albatta o‘tkazilishini ma’lum qildi. U o‘z raqiblari «yetarli kompetensiyaga ega ekanliklarini» va ular bilan o‘tkaziladigan debatlar «shubhasiz qiziq bo‘lishini» ta’kidladi.
«Adolat» Bahrom Abduhalimovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Abduhalimovning «Adolat — hayotimizning bosh mezoni» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan korrupsiya va har qanday ko‘rinishdagi «samosud» uchun qat’iy jazo belgilash, Tergov qo‘mitasini tashkil etish, oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilish, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona — Ta’lim vazirligiga aylantirish, «Jamiyatda yurish-turish, odob-ahloq qoidalari» kodeksini yaratish kabilar o‘rin olgan.
«Adolat» partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda aybladi. Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi sudlarni birlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazish hamda Tergov qo‘mitasini tuzish g‘oyalarini o‘g‘irlagani iddao qilinmoqda. Milliy tiklanish esa bunga munosabat bildirib, «Adolat» partiyasining siyosiy saviyasiga shubha bilan qaradi.
2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov nomzodi e’lon qilindi.
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting